Friday, 20 November 2009

O'zbek xalq ertaki - Aka-Uka

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir aka-uka bor ekan. Aka bola-chaqali, uka bo'lsa - so'qqabosh ekan.

Aka-uka dehqonchilik qilishibdi. G'allani yig'ib olib hosilni bo'lishayotganda aka ham, uka ham ko'proq olishga ko'nmay, teng bo'lishibdi.

Kechesi uka o'ylabdi:

- Akam menga qaragancha katta ro'zg'or. Kel, o'z ulushimdan bir ozini akamnikiga qo'shib qo'yay. Qiynalsam yolg'iz o'zim qiynalay.

Shunday qilib, akasiga bildirmay, o'z ulushining anchasini akasinikiga qo'shib qo'yibdi. Shundan keyingina ko'ngli tinchib, uyquga ketibdi.

Bir vaqt akasining uyqusi qochib o'ylabdi:

- Ukam kambag'al, mendan boshqa yordamchisi yo'q. Biz ko'pchilik bo'lsak ham bor-yo'g'chilik uncha bilinmaydi. Kel, ukam qiynalmasin - g'allamdan bir ozini uning g'allasiga qo'shib qo'yay.

Shunday qilib, aka o'z ulushdan anchasini ukasinikiga qo'shib qo'yibdi. Shundan keyingina ko'ngli tinchib uyquga ketibdi.

Aka-ukalar ana shunaqa mehribon ekanlar.

No comments:

Post a Comment