Showing posts with label O'zbek Uzbek. Show all posts
Showing posts with label O'zbek Uzbek. Show all posts

Thursday, 4 March 2010

Ko'nglim guli so'zlari




Ko'nglim guli

Bu toshlarga qor tushar
Bog'larda anor pishar
Qachon mening tog' qalbim
Sen bog' bilan topishar

Ey tog'dagi mag'rur qush
Sovuq toshga bosma tush
Bu darada bir qiz bor
Yostig'ning yarmi bo'sh

Cho'qqidagi qoya tosh
Yolg'izlikdan egar bosh
Yakkalasa yomg'irlar
Ko'zlaridan to'kar yosh

Bog'da ham bir tanho gul
Tanholikdan a'lo gul
Ko'z yoshiga yuz yuvar
So'ngsiz g'amlarga mashg'ul

Sen yolg'izsan men diqqat
Ikkimizga yo'q shafqat
O'rtamizda ovora
Sarson bo'ldi muhabbat

Yulduz Usmanovadan bek yaxshi bir O'zbekcha naxsha. YouTubeda anglamaq mumkin. 


Çeviri:


Yüreğimin Çiçeği

O dağlara kar düşer
Bağlarda nar pişer
Ne zaman benim dağ kalbim
Sen bağ ilen kavuşur

Ey dağdaki mağrur kuş
Soğuk taşa basma in
O derede bir kız var
Yastığının yarısı boş

Doruktaki kaya taş
Yalnızlıktan eğer baş
Tek bıraksa yağmurlar
Gözlerinden döker yaş

Bağda ise bir yalnız çiçek
Yalnızlıktan ala çiçek
Gözyaşı yüzünü yıkar
Sonsuz gamlarla meşgul

Sen yalnızsen ben üzgün
İkimize yok şefkât
Aramızda avare
Başıboş kaldı sevgi



Friday, 20 November 2009

Grandma's tales



Bolalik kunlarimda
Uyqusiz tunlarimda
Ko'p ertak eshitgandim
So'ylab berardi buvim
...
Buvimning har qissasi
Har bir qilgan hissasi
Fikrimni tortar edi
Havasim ortar edi

-Hamid Olimjon (1909-1944)


'In my childhood days,
In my sleepless nights,
I listened to many stories
My grandmother told.
...
Every tale of my grandmother's
Every word she spoke
Inspired my thoughts,
Heightened my dreams.'

(from Chrestomathy of Modern Literary Uzbek by Ilse Laude-Cirtautas)


O'zbek xalq ertaki - Aka-Uka

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir aka-uka bor ekan. Aka bola-chaqali, uka bo'lsa - so'qqabosh ekan.

Aka-uka dehqonchilik qilishibdi. G'allani yig'ib olib hosilni bo'lishayotganda aka ham, uka ham ko'proq olishga ko'nmay, teng bo'lishibdi.

Kechesi uka o'ylabdi:

- Akam menga qaragancha katta ro'zg'or. Kel, o'z ulushimdan bir ozini akamnikiga qo'shib qo'yay. Qiynalsam yolg'iz o'zim qiynalay.

Shunday qilib, akasiga bildirmay, o'z ulushining anchasini akasinikiga qo'shib qo'yibdi. Shundan keyingina ko'ngli tinchib, uyquga ketibdi.

Bir vaqt akasining uyqusi qochib o'ylabdi:

- Ukam kambag'al, mendan boshqa yordamchisi yo'q. Biz ko'pchilik bo'lsak ham bor-yo'g'chilik uncha bilinmaydi. Kel, ukam qiynalmasin - g'allamdan bir ozini uning g'allasiga qo'shib qo'yay.

Shunday qilib, aka o'z ulushdan anchasini ukasinikiga qo'shib qo'yibdi. Shundan keyingina ko'ngli tinchib uyquga ketibdi.

Aka-ukalar ana shunaqa mehribon ekanlar.